Nuqtai nazar: Rossiyaning Janubiy Kavkazdagi davri o'tdi. Endi navbat Anqaraga

0

Qorabog' uchun urushda Turkiya g'alaba qozondi, ammo Kreml o'zini post-sovet hududida Rossiya mavqei o'zgarmagandek ko'rsatmoqda. Ammo aslida bunday emas.

Yangi davrda Putin ancha ehtiyotkor harakat qilmoqda va avvalgidek faktlar manipulyatsiya qilingan intervyulardan qochmoqda. Umuman, so'nggi 20 yil ichida biz bunday mulohazali va ehtiyotkor Putinni kamdan kam ko'rganmiz. Uzoq davom etgan munozaralarning sababi Tog'li Qorabog' atrofidagi vaziyat bo'lib, u yerda Rossiya «tinchlikparvarlik» deb nomlangan, Turkiya esa «kuzatuv missiyasi» deb nomlangan harbiy kontingentini joylashtira boshladi.

Ma'lumki, Tbilisi bir necha yil oldin NATOga a'zo bo'lish to'g'risidagi kelishuvda Gruziya alyansning javobgarlik zonasi Abxaziya va Janubiy Osetiya hududida amal qilmasligini ma'lum qilgandi. Bu holatda Kreml qanday yo'l tutadi? 2008 yilda, hech bo'lmaganda nazariy jihatdan, Rossiya Tbilisiga tanklarni tashlash mumkin edi. Bugun esa buning deyarli imkoni yo'q. Bu nafaqat G'arb davlatlari qo'yayotgan sanksiyalar bilan bog'liq. Endi rasmiy Moskva istasa istamasa Turkiya timsolidagi yangi va kuchli geosiyosiy o'yinchi bilan hisoblashishi kerak.

Putin possovet hududida Moskva hukmronlik qilgan vaqt orqaga qaytarilmas o'tib ketganini tushunadimi? Paradoksal javob: ehtimol ha. «Ozarbayjon mustaqil suveren davlat. U o'z ittifoqchilarini o'zi xohlaganicha tanlash huquqiga ega. Kim buni inkor etishi mumkin?» – deydi Putin intervyusida. Bu NATOning ta'sis hujjatlaridan deyarli so'zma-so'z iqtibos. Xuddi shu intervyuning o'zi Janubiy Kavkazdagi kuchlar muvozanatining o'zgarayotganligi, yoki allaqachon o'zgarganligidan darak emasmi?

tarjumon.uz

loading...

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here