QANDLI DIABETNING ILK BELGILARI QANDAY NAMOYoN BO'LADI?

0

Feruza TOHIROVA,
Tibbiyot fanlari nomzodi, Respublika ixtisoslashtirilgan
endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
diabetologiya ilmiy bo'limi xodimi:

— Ushbu kasallikning ikki xil turi keng tarqalgan. Boshqa turlariga chalingan bemorlarni kam uchratasiz. Ammo xastalikning turlaridan qat'iy nazar belgilari bir xil bo'ladi. Qandli diabetning 2-turi asosan katta yoshli insonlarda uchraydi va nasldan-naslga o'tadi. Uning asosiy sababi sog'lom turmush tarziga rioya qilmaslik hisoblanadi.

Jumladan, noto'g'ri ovqatlanish, kamharakatlilik oqibatida kelib chiqadigan ortiqcha vazn qandli diabetning asosiy sababchisidir. Boisi, kasallikning 2-turi rivojlanishiga inson tanasida mushak to'qimasining kamayib, yog' to'qimasining ko'payishi hisoblanadi. Ammo xastalik semiz bo'lmagan insonlarda ham rivojlanishi mumkin.

Kasallikning asosiy belgilari: og'iz qurishi, chanqash va shunga yarasha keragidan ortiqcha suyuqlik iste'mol qilib, ko'p peshob ajralishidir. Shuningdek, bunday bemorlarda umumiy holsizlik, oyoqlarda og'rik va keyinchalik yaralarning sekin bitishi kuzatiladi. Ortikcha vazni bo'lgan kishilarda qandli diabet ishtahani haddan ortib ketishi bilan ham namoyon buladi.

Kasallikning dastlabki belgilari kuzatilgandayoq shifokorga murojaat qilish lozim. Har bir kishi o'zining tanasi vaznini nazorat qilib borishi, uning me'yoriy ko'rsatkichlardan oshib ketishiga yo'l qo'ymasligi talab etiladi.

Sog'liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi.

loading...