SIZDA TADBIRKORLIK QOBILIYaTI BORMI?TEST

0

Hozirgi bozor iqtisodi sharoitida har birimiz tadbirkorlikning qaysidir jabhasida faoliyat yuritishni, shuning orqasidan yaxshi yashashni maqsad qilamiz. Biroq bu kasb ham hammaning qo'lidan kelavermasa kerak.

Quyidagi savollarga haqqoniy javob berib, o'zingizdagi tadbirkorlik qobiliyati qancha ekanini aniqlab oling.

  1. Turli to'siqlarga qaramay, boshlagan ishingizni oxiriga yetkaza olasizmi?
  2. O'z qaroringizda qat'iy ura bilasizmi?
  3. Mas'uliyatni, rahbarlikni zimmangizga olishni yoqtirasizmi?
  4. Hamkasblaringizning o'zingizga bo'lgan ishonchi va hurmatidan foydalanasizmi?
  5. Salomatligingiz joyidami?
  6. Tongdan yarim tungacha ter to'kib ishlashga tayyormisiz?
  7. Odamlar bilan munosabatlar yuritish hamda ishlashni xush ko'rasizmi?
  8. Tanlangan yo'lning to'g'ri ekaniga boshqalarni ishontira olasizmi?
  9. O'zgalarning g'oyalari sizga tushunarli kechadimi?
  10. O'zingiz ish boshlamoqchi bo'lgan sohada tajribangiz yetarlimi?
  11. Tanlangan tadbirkorlik jabhangizga oid hisob-kitob ishlari bilan yaxshi tanishmisiz?
  12. Siz ishlab chiqarmoqchi bo'layotgan mahsulotga o'zingiz yashab turgan hududda talab kattami?
  13. Marketing hamda moliyaviy masalada tayyorgarlikdan o'tganmisiz?
  14. Raqobatchilaringizning ishi yaxshi ketayaptimi?
  15. Ijaraga olish uchun joy tanlab qo'yganmisiz?
  16. O'z firmangiz, tashkilotingizni dastlabki bir yil ichida moliyalashtirish uchun mablag'ingiz yetarlimi?
  17. Tang kelib qolganda tashkilotingizga moliyaviy ko'mak bera oladigan yaqinlaringiz bormi?
  18. Sizga xom ashyo yetkazib beradigan hamkorlar topdingizmi?
  19. Etarli tajriba, bilimga ega bo'lgan mutaxassislarni ishga jalb etish uchun harakat boshlaganmisiz?
  20. Xususiy korxona, tashkilot, firma ochish azaliy orzuingiz ekaniga qattiq ishonasizmi?

NATIJALAR:

O'zingiz qoniqarli deb hisoblagan har bir javob uchun 1 balldan qo'ying.

Agar 17 va undan ortiq ball to'plagan bo'lsangiz.

Tadbirkor bo'lish uchun sizda qobiliyat yetarli deyish mumkin. Sizdagi harakatchanlik, kelajakka bo'lgan yuksak ishonch tuyg'usi va bir maqsad yo'lida oxirigacha kurasha olishdek ajoyib xislatingiz sizga xususiy tadbirkorlik bilan bog'liq korxona, tashkilot yoxud firma ochishga katta yo'l ochib bera oladi. Eng asosiysi, g'oyalaringiz ham shu xislatlaringiz bilan uyg'unlasha olsa bas.

Agar siz 13 dan 17 gacha ball to'plagan bo'lsangiz:

Sizda tadbirkor bo'lish uchun qobiliyat ham, imkoniyat ham yetarlicha deb bo'lmaydi.

Lekin sira ko'nglingizni cho'ktirmang. Chunki, istasangiz ajoyib tijoratchi bo'lishingiz mumkin. Sababi, oldi-sotdi qilishda teng keladigani yo'q, ishoning.

Agar siz 13 dan kam ball to'plagan bo'lsangiz:

Afsuski, sizdan yaxshi, omadli tadbirkor chiqmaydigan ko'rinadi. O'zingiz o'ylang, tadbirkorlik, yangi, xaridorning ko'zini quvnata oladigan, qolaversa, raqobatga bardoshli, sifatli mahsulot ishlab chiqarish uchun inson yetarlicha tajriba, ko'nikmaga ega bo'lishi talab etiladi.

Siz baribir xafa bo'lmang. Aksincha, oldin obdon o'ylang, tajriba to'plang, boshqalarning faoliyatini chuqur o'rganing. Ajab emaski, kelgusida siz ham o'shalar qatoridan joy olsangiz va xalqingizga nafingiz tegadigan ishbilarmonga aylansangiz.

 

loading...

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here