UMURTQALARARO DISK ChURRASI

0

Kasallikning paydo bo'lish sabablari, uni aniqlash

Shohaydar ShOTURSUNOV,
tibbiyot fanlari doktori, professor:

— Umurtqalararo disk churrasi kasalligi umurtqaning harakatchan bo'lgan bo'yin va bel qismlarida ko'proq uchraydi. Bemor o'zida ushbu xastalik rivojlanayotganini mustaqil bila olmaydi. Shifokor ko'rigi vaqtida o'tkaziladigan kompyuter va magnit rezonans tomografiya tekshiruvi xulosasi orqaligina bu borada aniq tashxis qo'yilishi mumkin.

Churraning kimda, qachon va qanday paydo bo'lishi mumkinligini oldindan aytish qiyin. Negaki, bu kasallikning muayyan kasb egalari yoki ma'lum bir hududda yashaydiganlarga emas, balki barchaga birdek xavf solishi ehtimoli mavjud. Hatto bir yoshgacha bo'lgan go'daklarda ham churralarning tug'ma shakli kuzatiladi. Ammo og'ir mehnat natijasida ham yuzaga kelishi mumkin.

Kasallikni keltirib chiqaruvchi omillar:

Qorin ichki bosimining oshishi;

og'ir jismoniy mehnat;

tana vazniga nisbatan muntazam og'ir yuk ko'tarish;

peshob ajralishining qiyinlashuvi;

qabziyat;

uzoq vaqt bezovta qilgan yo'tal;

umurtqa ostreoxondrozi;

shikastlanish;

kamharakatlilik;

ortiqcha vazn;

naslda bu xastalikning borligi;

ayollarda tug'uruq vaqtidagi zo'riqishlar churra hosil bo'lishiga ta'sir etuvchi omillar hisoblanadi.

 

Bundan tashqari, mazkur omillarning barchasi churra bo'lganda uning qisilishiga sabab bo'lishi ham mumkin.

Sog'liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi.

loading...

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here