Haqni bilibsan, uni mahkam tut, Alloh qalbini nurlantirgan banda

0

Agar yaqin nuri porlab qolsa, oxiratni unga borishdan ko'ra yaqinroq ko'rasan.

Ibn Atoulloh hikmatlaridan

Chunki kelishi aniq narsa, hozir mavjud kabidir. Ahmad ibn Osim Antokiy aytadilar: «Yaqin – Alloh bandaning qalbida paydo qiladigan nurdir. Banda u bilan oxirat ishlarini ko'radi. O'zi bilan uning o'rtasidagi pardani yirtadi. Shunda ko'rgandek oxiratdan ogoh bo'ladi».

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Horisaga: «Qanday tong ottirding, ey Horisa?», dedilar. U kishi: «Haqqa mo'min holda tong ottirdim», deya javob qilganda, «Har haqning haqiqati bo'ladi. Iymoningning haqiqati nima?», deb yana so'radilar Rasululloh.
U aytdi: «Go'yoki menga Rabbimning Arshi o'rnatildi. Jannat ahli jannatda ne'matlanayotgan, do'zax ahli olovda uvillayotgan edi».

Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam unga: «Haqni bilibsan, uni mahkam tut, Alloh qalbini nurlantirgan banda.», dedilar.

Boshqa hadisi sharifda Rasululloh alayhis salom aytadilar: «Agar nur qalbga kirsa, u kengayadi, ochiladi.» Shunda, Yo Rasululloh, uni tanitadigan alomat bormi, deb so'rashdi.

Dedilar: «Aldamchi dunyodan uzoqlashmoq, abadiy dunyoga yuz tutmoq va o'lim kelmasidan unga hozirlanmoq!». Tamom.

Shayx Ahmad Zarruqning sharhlaridan

loading...