Rim papasi braziliyalik modelning behayo rasmiga “layk” bosib qo'ydi. Model qiz esa «Kamida jannatga tushaman» deya iddao qilmoqda!

0

Rim papasi Fransiskning Instagramdagi rasmiy sahifasi orqali braziliyalik modelning behayo rasmiga “layk” bosilishi Vatikanni noqulay ahvolga solib qo'ydi.

“Evronyus”ning xabar berishicha, ayni paytda bu “layk”ni aynan kim bosganini aniqlash uchun tekshiruv o'tkazilyapti. Vatikan papaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasini shaxsan uning o'zi boshqarmasligini, bu ish bir guruhga yuklatilganini ma'lum qildi.

Rim papasining rasmiy sahifasi orqali 13 noyabr kuni behayo rasmga qo'yilgan “layk” ertasi kuni qaytarib olingan. Model esa bu rasmni yoqtirgan 133 ming kishi orasida kimsan, katoliklarning yetakchisi borligidan xursandligini aytgan. “Kamida jannatga tushaman”, – deya yozdi u o'z sahifasida.

azon.uz

 

loading...