Samarqandda erkak odamlar oldida xotini va uning o'ynashini pichoqlab o'ldirdi

0

Samarqandda erkak savdo markazida odamlar ko'z o'ngida xotini va uning o'ynashini pichoqlab o'ldirdi. Bu haqda STV xabar qildi.

Ma'lum bo'lishicha, Samarqandagi Mirzo Ulug'bek ko'chasida joylashgan savdo markazida ikkita qotillik sodir etilgan. Guvohlarning so'zlariga ko'ra 40 yoshlar atrofidagi erkak ikkita fuqaroga pichoq bilan tashlanib, ularni jarohatlagan. Natijada jabrlanuvchilar ko'p qon yo'qotishi oqibatida voqea joyida halok bo'lgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra 42 yoshli pastdarg'omlik erkak xotining boshqa erkak bilan ishqiy munosabatlari haqida xabar topgach ularni kuzatgan. Ular do'konga kirganda rashkchi er ularni hammaning ko'z o'nggida pichoqlab tashlagan.

Bosh prokuraturaning ma'lum qilishicha, ushbu holat yuzasidan JKning 97-moddasi 2-qismi “a,j” bandlari bilan jinoiy ish qo'zg'atilgan. Hozirda gumonlanuvchi ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

loading...