Havo harorati minus darajaga tushib ketmoqda. Qorli va sovuq ob-havoda koronavirus infeksiyasi tarqalishi kuchayishi mumkinmi?

0

Sevara Ubaydullayeva,
SSV huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zosi:

 

Koronavirus dunyoda paydo bo'lgan yangi virus bo'lishiga qaramay, uning aniqlanganiga bir yil bo'ldi. Dunyo olimlari, xususan, respublikamiz olimlari tadqiqotlariga ko'ra, bu virus boshqa viruslarga nisbatan issiq yoki sovuq havoda nobud bo'lmasligi tasdiqlanib kelinmoqda. Ya'ni, havo harorati qanchalik sovuq bo'lsa virusni yashash imkoniyati kuchayishi kuzatilishi ta'kidlab kelinmoqda.

 

Koronavirus havo haroratiniy o'ta yuqori holatida, ya'ni 70 darajadan yuqori haroratda 5-15 daqiqada nobud bo'lishi kuzatilgan. Lekin havo harorati qanchalik past bo'lsa, u sovukda deyarli uyqu holatiga ketadi, lekin o'lmaydi, u yoki bu sathlarda, saqlanadi, issiq organizmga tushishi bilan hayot faoliyatini davom ettiradi.

 

Ya'ni, koronavirus havo tomchi, fekal-oral va kontakt yo'llari bilan yuqadi, demak issiqroq kunlarga nisbatan sovuq kunlarda bunday muhitda saqlanishi uzoqroq bo'ladi. Bu esa, virusning inson organizmiga tushish imkoniyatini kuchaytiradi.

 

Inson organizmiga virus tushgan va hali kasallik alomatlari paydo bo'lmagan, ya'ni yashirin-inkubatsion davri kechayotganda bu odamdan havoga tarqalgan virus yozgi kunda 3 soat turishi tasdiqlangan bo'lsa, bugungi sovuq kunlarda u ko'proq — 5-6 soatgacha saqlanadi. Sathlarda esa 3-5 kungacha, suyukliklar tarkibida 9 kungacha saqlanishi to'g'risida Xitoy, Yevropa va AQSh olimlari maqolalarida yozib o'tmoqda.

 

Bu degani, agarda siz odam gavjum joylarga borsangiz va u yerda niqob, qo'lqop kabi himoya vositalarini taqmasangiz, masofa saqlanmasa hamda qo'llar tozalab turilmasa, koronavirus organizmga tushishi aniq va odamlar ko'p joylarda kasallanish xavfi juda ham yuqori.

 

Agar ish yuzasidan uydan tashqariga chiqsangiz, albatta niqob va qo'lqoplarni qoidaga rioya qilgan holda taqib yuring, masofani saqlang, doimiy ravishda qo'llarni sovunlab yuving yoki antiseptiklar bilan ishlov bering. Uyga qaytganda esa, tashqarida kiyilgan ustki kiyimlarni dahlizda qoldiring, uyda qo'llarni uzoq muddat sovunlab yuving, yuzni, ko'zlarni, tomoqlarni va burunlarni issiqroq suvda kamida 3 marta chayib tashlang. Shu tariqa uyingizga virusni olib kirishdan imkon qadar saqlagan bo'lasiz.

loading...