INSON ORGANIZMIDAGI UROLOGIK TIZIMNING FUNKSIYaSI NIMALARDAN IBORAT?

0

Jumanazar BEKNAZAROV,
tibbiyot fanlari doktori, professor:

— Moddalar almashinuvi jarayonida organizmda keraksiz moddalar paydo bo'lib, ularni vujuddan chiqarib tashlash talab etiladi. Urologik tizim organizmda ana shunday muhim filtr vazifasini bajaradi.

Agar mana shu tizim mukammal ishlamasa, zaharli moddalar organizmda ko'payib ketishi natijasida inson tanasi halokatga yuz tutishi mumkin. Peshob ishlab chiqarish tizimida, avvalo, buyraklarning ahamiyati katta. Buyraklar 180-200 gramm og'irlikda bo'lib, umurtqa pog'onasining ikki tarafida joylashadi. Ular xuddi loviyasimon ko'rinishga ega qo'sh a'zodir. Buyraklarning asosiy ishchi tizimi — nefronlardir. Nefronlar orqali qon o'tadi va undan so'ng qon plazmasiga o'tkaziladi.

— Fimoz kasalligi, uni uy sharoitida qanday davolash yo'llari bor?

— Fimoz kasalligi o'g'il bolalarda uchraydigan urologik nuqson. Bunda bolaning olatini yopib turuvchi kertmak varag'i uzun bo'lishi tufayli uning teshigi tor bo'ladi. Natijada olat uchida tuz yig'ilib, yallig'lanish yuzaga keladi. Bu nuqsonni oddiy sterillangan bint va besh foizli sintomitsin surtmasi yordamida uy sharoitida bartaraf etish mumkin.

Buning uchun chaqaloqlar patronajiga borgan hamshira bolaning urologik tizimini yaxshilab ko'rikdan o'tkazib, nuqson aniqlansa, onaga bola parvarishi bo'yicha maslahat va tavsiya berishi lozim. O'z vaqtida ko'rilgan ana shunday choralar kelgusida balanit, balanopostit kabi urologik kasalliklarning oldini olishga zamin bo'ladi.

Sog'liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi.

loading...