Ammasining qizini himoya qilgan yigit uch kishidan kaltak yeb, kasalxonaga tushdi

0

Toshkent viloyati Angren shahrida ammasining qiziga gapirgan yigitni urgan fuqaroni uch nafar kishi kaltaklab ketdi, deya xabar bermoqda Tergov departamenti.

Qayd etilishicha, 19 yoshli Husniddin O. fuqaro Jamshidning ammasining qiziga gapirganligi sababli, 2020 yilning 17 noyabr kuni o'zaro janjallashgan vaqtida, Jamshid fuqaro Husniddin O.ning yuziga tarsaki tushirgan. Shundan so'ng, 2020 yilning 18 noyabr kuni soat 13:00 da, Husniddin O. o'zining qarindoshlari 21 yoshli Zuhriddin O. va 18 yoshli Baxtiyor A.lar bilan birga o'ch olish maqsadida, Angren shahar «Ibn Sino» mahallasida joylashgan «Nur» to'yxonasining orqa qismida, tanishi 18 yoshli Jamshid bilan o'zaro janjallashgan. Oqibatda Husniddin O., Zuhriddin O., va Baxtiyor A. qo'l-oyoqlari bilan Jamshidni tanasining turli joylariga urib tepib tan jarohati yetkazgan. Natijada Jamshid tan jarohatlari bilan Angren shahar markaziy shifoxonasining jonlantirish bo'limiga yotqizilgan.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko'ra, Jamshid og'ir tan jarohati olganligi aniqlangan. Holat yuzasidan Angren shahar IIB huzuridagi Tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og'ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Jinoyat ishi bo'yicha Husniddin O., Zuhriddin O., va Baxtiyor A., gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinganlar. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

loading...