Nima uchun tirnoqda oq dog'lar paydo bo'ladi?

0

Shifokorlar tirnoqdagi oq dog'larni leykonixiya deb atashadi. Bu juda keng tarqalgan hodisa.

Quyidagilar tirnoqda oq dog'larga sabab bo'ladi:

 

Jarohat.Travma natijasida kelib chiqqan leykonixiyani tanib olish oson: odatda tirnoqlar yuzasida bir yoki bir nechta yumaloq oq dog'lar paydo bo'ladi.

 

Tirnoqlarni tishlash odati, tasodifiy zarbalar,tez-tez va juda kuchli manikyur, qattiq poyabzal oyoq barmoqlarida leykonixiya paydo bo'lishiga olib keladi.

І

Ayrim dorilarni qabul qilish va zaharlanish. Sulfonamidlarni (sulfanilamidlarni) qabul qilish, bakterial infeksiyalarni davolashda ishlatiladigan sintetik dorilar, saratonning har xil turlarini davolashda qo'llaniladigan kimyoviy terapiya.

 

Tanadagi tizimli kasalliklar.Temir tanqisligi anemiyasida organizmda temir moddasi yetishmaydi.

 

Shuningdek, buyrak kasalligi, yurak yetishmovchiligi, jigar kasalliklari (xususan, sirroz), gipertireoz – qalqonsimon bezning haddan tashqari faolligi, oshqozon-ichak traktida oqsillarni hazm qilish bilan bog'liq muammolar, teri kasalliklari tirnoqda oq dog'larni paydo qiladi.

Nima qilish kerak?

Ko'p hollarda kutish kifoya: tirnoq o'sib chiqadi va oq dog' o'z-o'zidan yo'qoladi. Chiziqlar muntazam paydo bo'lib, bir vaqtning o'zida bir nechta tirnoqlarga ta'sir qilsa, mutaxassis shifokorga bog'lanish kerak.

 «Cog'lom hayot»

loading...