QANDLI DIABETNI DAVOLAShNING QANDAY USULLARI MAVJUD?

0

Shahnoza AZIMOVA,
Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining bolalar endokrinologiyasi bo'limi mudiri, oliy toifali shifokor, tibbiyot fanlari nomzodi:

— Qandli diabetning 1-turi nazoratida zamonaviy davo choralaridan biri bolalar va o'smirlarni analog insulinlari bilan davolashdir. Xozirgi paytda Respublikamizda bolalar va o'smirlar to'laqonli ravishda analog insulinlari bilan ta'minlangan. Ushbu tadbirlar 2019 yil 19 aprelda qabul qilingan “2019-2021 yillarda Respublika aholisiga endokrinologik yordamni ko'rsatishni takomillashtirish Milliy dasturi” asosida olib borilmoqda.

Ushbu analog insulinlari jahon davolash standartlariga mos bo'lib, ularning o'ziga hosligi, davolash fiziologik insulin sekretsiyasiga yaqinlashtiradi va asoratlarning yuzaga kelmasligiga sabab bo'ladi.

Qandli diabetning zamonaviy davo usullaridan biri, bu — pompaterapiyasidir. Bu davo turi yuqori texnologik davolash hisoblanib, xayot sifatini yaxshilashga, qandli diabet nazoratini yengillashishiga va asoratlarning yuzaga kelmasligiga yordam beradi. Maxsus kiritilgan dasturlar asosida ushbu texnologiya insulin miqdorini kerakli dozada va o'z vaqtida tanaga yuboradi. Natijada, glikemik nazorat mo''tadillashadi. Albatta, ushbu davolash usullari asosida o'z-o'zini nazorat qilish va to'g'ri ovqatlanish talab etiladi.

Sog'liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi.

loading...