Xotirani susaytiradigan holatlar haqida

0

Ko'p shirinlik yeyish. Hozirgi kunda ko'plab oziq-ovqatlar tarkibida fruktoza yoki makkajo'xori siropi ishlatiladi. Ular ichimlik sodasi va boshqa alkogolsiz ichimliklar, shirinliklar, non, ziravorlar va hatto bolalar ovqatiga qo'shiladi.

 

Fruktoza odatdagi shakarning o'rnini bosuvchi, xavfsiz, deb e'lon qilingan bo'lsa-da, uning xavfli ekanligi haqida dalillar mavjud. Fruktoza miyaning biz o'rganadigan va nimadandir xavotirlanadigan neyronlar o'rtasidagi aloqani sustlashtiradi.

 

Texnologiya asri. Ko'pchilik biron bir narsani qilishni unutmaslik uchun muhim sanalarni taqvimga qo'yadi va telefonga eslatmalar o'rnatadi, kalkulyatorga ishonishadi va GPS- navigatorlaridan foydalanishadi.

 

Ma'lumotni o'zimiz emas, balki qidiruv tizimlaridan qidiramiz. Natijada, gipokampus, ya'ni xotirani konsolidatsiya qilish bilan shug'ullanadigan miya maydoni juda ko'p harakat qilmaydi.

 

Kam uxlash. Charchagan miya ko'proq kuch sarf qilishi kerak. Uyqusizlik uzoq muddatli xotirani yomonlashtiradi.

 

Bundan tashqari, diqqat, nimanidir rejalashtirish sustlashadi. Bu esa yangi g'oyalarni o'ylab topishga emas, shunchaki odatlarimiz doirasidan chiqib ketolmaslikka olib keladi.

 

Harakatsiz turmush tarzi xotiraga salbiy ta'sir qiladi. Tadqiqotchilar ko'p harakat qilmaydigan odamlarda xotirani shakllantirish va saqlash bilan bog'liq bo'lgan miyaning qisqarishini aniqladilar. Ushbu sohadagi o'zgarishlar Alsgeymer kasalligining dastlabki belgilaridan biridir.

Ko'p vazifalarni birdan bajarish nafaqat mahsuldorlikni yomonlashtiradi, balki miyaga zarar yetkazishi mumkin.

loading...