Lukashenko yangi konstitutsiya qabul qilinganidan keyin Belarussiya prezidenti lavozimidan ketishini aytdi

0

27 noyabr kuni Belarussiya prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatning yangi konstitutsiyasi qabul qilinganidan keyin o'z lavozimidan ketishini aytdi. Bu haqda Belarusiyaning Belta agentligi xabar bergan.

«Yangi konstitutsiyaga binoan men siz bilan prezident sifatida ishlamayman»  dedi Lukashenko.

Lukashenko o'z nutqida o'sha kun qachon kelishini aytmagan bo'lasada, konstitutsiyaga o'zgartirishlar kiritish va prezident vakolatlarini tuzatish zarurligini ta'kidlagan.

Belarussiyada shu yilning 9 avgustida prezidentlik saylovlari bo'lib o'tgan va unda mamlakatni 26 yildan beri boshqarib kelayotgan Aleksandr Lukashenko g'alaba qozongandi.

Ammo, Lukashenkoning raqiblari ushbu saylovda g'irromliklar bo'lganini ta'kidlashdi. Shundan keyib butun belarus xalqi hukumatga qarshi namoyishlar boshladi va Lukashenkoning iste'fosini talab qildi. Bunday namoyishlar bir necha oy davom etdi.

loading...