Haydovchilik guvohnomalari uchun imtihonlar xususiy korxonalar tomonidan o'tkaziladi

0

IIVning haydovchilik guvohnomalarini olish bo'yicha imtihonlarni o'tkazish vakolati xususiy sektorga o'tkaziladi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O'zLiDeP fraksiyasi a'zosi Rasul Kusherbayev o'zining Telegram-kanalida ma'lum qildi.

Deputatning qayd etishicha, 27 noyabr kuni ichki ishlar vaziri o'rinbosari Azizbek Ikromov Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik qo'mitasi yig'ilishida bu haqda e'lon qilgan.

Avtodromlar va imtihon tizimi to'liq xususiy kompaniyalarga o'tkazilishi kutilmoqda. Ichki ishlar vazirligi, o'z navbatida, butun jarayonni kuzatib boradi.

Ushbu yangi tizimni 2021 yil davomida joriy etish rejalashtirilgan, deya qo'shimcha qildi deputat.

loading...