Koronavirusga qarshi vaksina sinovida qatnashib emlansak, niqob taqmay yurish mumkinmi?

0

Ushbu savol yuzasidan AOKAda bo'lib o'tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a'zosi Sevara Ubaydullayeva javob berdi:

— Vaksina bilan emlanganingizdan so'ng ham niqob taqib yurish kerak. Sinovlarda qatnashmoqchi bo'lganlarga ham yoki sinovlar yakunlanib, ijobiy natija chiqqanlarga ham bu talab saqlanib qoladi.

Vaksina bilan emlangan odam organizmida immun tizim ishlashni boshlaydi. Bu davrda boshqa kasalliklar yuqishining oldini olish maqsadida imkon qadar boshqa insonlar bilan muloqotda bo'lmaslik va uyda bo'lish talab etiladi.

Agar ish jarayonida odamlar bilan muloqotda bo'lishda davom etilsa, boshqa karantin talablariga doim rioya qilish zarur.

Shuningdek, sog'lom turmush tarzini tutish, sog'lom va muqobil ovqatlanish, ko'p suyuqlik ichish va yengil jismoniy faollik olib borishni ham davom ettirish kerak. Bu kabilar inson organizmida koronavirusga karshi immunitet hosil bo'lishiga yordam beradi.

loading...