TANGLAY KUYGANDA NIMA QILISh KERAK?

0

Jo'raboy ARSLONOV, stomatolog:

Ko'pincha odamlar qaynoq ichimlik yoki issiq taom yeb og'iz bo'shliqlarini kuydirib oladilar. Bu tanglay uchun zararli.
Tanglay kuyishi uch bosqichli bo'ladi.

 

Birinchi bosqich — kuyish yengil bo'lib, tanglayning tashqi teri qavati — epidermisga ta'sir qiladi. Tanglay qizarishi bilan namoyon bo'ladi.

 

Ikkinchi bosqich — epidermis va derma, ya'ni teri osti qavatiga ta'sir qiladi, og'riq bo'ladi, tanglay qizaradi, shishadi, pufakcha paydo bo'ladi.

 

Uchinchi bosqich — ta'sir epidermis va dermadan o'tib, tanglay terisi oqarishi yoki qorayishi mumkin. Ayrim holatlarda og'iz bo'shlig'ining yuqori qismi sezgisini yo'qotadi.

Kuyganda organizm o'zini tuzatishga harakat qiladi. Oq qon hujayralarini kuygan joyga yo'naltiradi. Shu sabab pufakcha paydo bo'ladi. Agar kuyish jiddiy bo'lsa, shikastlangan teri o'rni ko'chadi yoki qalinlashadi.

«Shifo-info»

loading...