Fransiya parlamenti politsiyachilarni suratga olishni taqiqlovchi qonun loyihasini kam-ko'stini to'ldirish uchun qaytarib oldi. U norozilik namoyishlariga sabab bo'lgan edi

0

Fransiya Milliy majlisi (parlamentning quyi palatasi) hukmron koalitsiyasi «Global xavfsizlik to'g'risida»gi qonun loyihasining politsiyachilarning xizmat paytidagi xatti-harakatlari aks etgan videoyozuvlarni yomon niyatda e'lon qilishni taqiqlovchi moddasini kam-ko'stini to'ldirish uchun qaytarib olishga qaror qildi.

«Olg'a, respublika!» partiyasi fraksiyasi yetakchisi Kristof Kastaner ma'lum qilishicha, deputatlar 30 noyabrdanoq modda ustida ishlashga qaytadi, ular ishni yakunlagach, «butunlay qayta ishlangan variant» taqdim etiladi.

Shuningdek, Kastaner dastlab deputatlarning so'z erkinligini yoki OAV erkinligini qandaydir qilib cheklash niyati bo'lmagan, moddaning tanqidlarga sabab bo'lgan versiyasi esa politsiyachilarning shaxsiy hayotini ta'qibdan himoya qilishga qaratilgan.

«Global xavfsizlik to'g'risida»gi qonunning 4-moddasida politsiya xodimlariga zarar yetkazish maqsadida ularning suratlarini yoki videolarini tarqatganlik uchun 45 ming yevro va bir yil qamoq jazosi ko'zda tutilgan. Qoidani buzganlar 45 ming yevro jarimaga tortilishi yoki 1 yilgacha qamalishi mumkin.

Qonun loyihasiga qarshi bo'lganlar fikricha, u so'z erkinligi huquqiga zid, shuningdek, politsiyaning o'zboshinchaligiga olib kelishi mumkin.

Hujjatning parlamentda muhokama qilinishi bilan bir paytda norozilik aksiyalari bo'lib o'tdi; eng ko'p odam ishtirokidagi namoyishlar 28 noyabrda o'tkazildi, o'shanda IIV hisob-kitoblariga ko'ra, butun mamlakat bo'ylab 133 ming kishi ko'chalarga chiqdi. Tartibsizliklar yuzaga keldi, ularni tarqatish uchun politsiyachilar ko'zni yoshlantiruvchi gaz qo'lladi, o'nlab odam jabrlandi, yana o'nlab kishi qo'lga olindi.

Meduza

loading...