«Neftchi»-«Turon»: alamzada muxlislar janjal ko'tardi, hakam kaltaklandi, «bolboy» bola hammani yig'latdi (video)

0

Futbol bo'yicha O'zbekiston chempionatining nufuzi jihatdan ikkinchi ligasi — Pro liganing hal qiluvchi Superliga yo'llanmasini beruvchi so'nggi tur uchrashuvida Farg'onaning «Neftchi» klubi o'z uyida Yaypanning «Turon» klubiga qarshi o'ynadi va imkoniyatni boy berib qo'ydi.

Bu bilan «Neftchi»  Oliy liga yo'llanmasidan quruq qoldi. «Turon» esa ligaga beriladigan yagona yo'llanmani qo'lga kiritdi.

O'yindan so'ng, maydonda «Neftchi»ning alamzada mulislari hakamlarga tashlandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan lavhalarda hakamlardan biri qattiq zarba olgani aniq aks etgan.

Uchrashuvda o'yin va janjaldan tashqari, yana bir ta'sirli holat kuzatildi. Uchrashuv tugagach, darvoza ortida «bolboy»lik vazifasini bajargan «Neftchi» akademiyasi tarbiyalanuvchisi jamoasining mag'lubiyatidan uvvos solib yig'ladi. Bu butun boshli «Neftchi» muxlislarining yig'isi edi, deya izohlanadi bolaning holati.

 

loading...