Resept: tez tayyor bo'ladigan rulet

0

Ushbu ruletni tayyorlash uchun malakali pazanda bo'lish talab yetilmaydi. Qo'l ostingizda zarur masalliqlar bo'lishi kifoya. Shuningdek, uni pishirish uchun juda qisqa — taxminan 15—20 daqiqa vaqt ketadi. Shuning uchun, ikkilanmasdan, mazkur ruletni tayyorlab ko'rishni tavsiya yetamiz.

Zarur masalliqlar:

Biskvit xamiri uchun:

1 stakan un
1 stakan shakar
4 ta tuxum

Kremi uchun:

4—5 osh qoshiq quyultirilgan sut (qaynatilgani)
30 g margarin

Shakar upasi (ustiga sepish uchun).

Tayyorlanishi:

Tuxumning oqini sarig'idan ajratamiz. Tuxum sarig'ini shakarning yarmi bilan ko'pirtiramiz va chetga olib qo'yamiz.

Tuxum oqini mikserda dastlab past tezlikda, so'ng yeng yuqori tezlikda ko'pirtiramiz. Oqarib quyuqlashib qolgach, shakarning qolgan yarmini solib, ko'pirtirishda davom yetamiz. Ko'pik qattiqlashib, idishni qiya qilganda oqib ketmaydigan holatga kelgach, ko'pirtirishni to'xtatamiz.

Tuxum oqining 1/3 qismini shakar va tuxum sarig'i aralashmasiga qo'shamiz va yehtiyotkorlik bilan aralashtiramiz.

Ustiga unni solib, yana aralashtiramiz. Aralashtirishni qoshiqni tepadan pastga harakatlantirish orqali amalga oshiramiz. So'ng unga tuxum oqining qolganini solamiz.

Tayyor xamirni yog'lab, pergament qog'ozi to'shalgan listga bir tekis qilib yoyib chiqamiz. 200—220 darajagacha qizdirilgan duxovkada taxminan 10 daqiqa pishiramiz.

Biskvit xamirining usti och jigarrang tusga kirganida duxovkadan olamiz.

Endi kremini tayyorlaymiz. Buning uchun quyultirilgan sut va xona haroratida yumshagan margarinni mikser yordamida aralashtiramiz. Silliq massa hosil bo'lgach, pishgan xamirning ustiga bir tekis qilib suramiz va xamirni o'raymiz. Ruletning ustiga shakar upasi sepamiz.

Rulet tayyor. Yoqimli ishtaha!

loading...