Toshkent viloyati Yangiyo'l tumani IIB xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbir natijasi

0

Joriy yilning 30 noyabr kuni Yangiyo'l tumani IIB tezkor xodimlari tomonidan o'tkazilgan tadbir davomida Yangiyo'l tumani, «Niyozboshi» mahallasida yashovchi 1978 y.t. fuqaro Sh.O.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko'zdan kechirilganda, vazni 490 gr. «ko'knor xashagi» giyohvand moddasi borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida ashyoviy dalil sifatida xujjatlashitirlib olindi.

Holat yuzasidan Sh.O.ga nisbatan Yangiyo'l tumani IIB Tergov bo'limi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

IIV JQBB Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boshqarmasi

loading...