Toshkentda tadbirkor foydasiga 180 mln. so'm undirib berildi

0

Majburiy ijro byurosining Shayhontoxur tuman bo'limi ish yurituviga, Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudining 19.10.2020 yil kungi ijro varaqasiga asosan, qarzdor “Golden story group” korxonasidan “O'zavtosanoatlizing” mas'uliyati cheklangan jamiyat foydasiga 180.850.576 so'm qarz undirish yuzasidan ijro ishi 03.11.2020 yil kuni kelib tushgan va shu kuni ijro ishi yurituvi qo'zg'atilgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor korxonaning barcha bank hisob-raqamlariga nisbatan band solinib, inkasso topshiriqnomalari yuborilgan.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida 16.11.2020 yil kuni qarzdor korxonaning bank hisob-raqamidan undiruvchi “O'zavtosanoatlizing” jamiyati foydasiga jami 180.850.576 so'm pul mablag'lari to'liq undirilib, ijro ishi yurituvi Qonunning 41-moddasi 1-bandiga muvofiq ish yurituvi tamomlangan.

loading...