Toshkentda xonadonlardan biri yonib ketdi

0

Bugun 1 dekabr kuni soat 18:55 larda Mirobod tumani, Temiryo'lchilar ko'chasida joylashgan xonadonlardan birida yong'in kelib chiqqan. Bu haqda Toshkent shahar FVB Matbuot xizmati ma'lum qildi.

Yong'in natijasida uyning ichki va tom qismi 200 kv.m maydondan ortiq qismi yongan. Yong'in-qutqaruv jangovar bo'linmalari manzilga soat 19:02 da yetib borgan va ko'rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong'in soat 19:49 da to'liq bartaraf etilib uyning 300 kv.m maydoni saqlab qolingan hamda fuqarolarni yong'in natijasida shikastlanishining oldi olingan. Yong'in joyiga 4 ta yong'in-qutqaruv texnikasi jalb qilingan.

Hozirda yong'in sabablari va yong'indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

loading...