Yuk avtouloviga yashirilgan tovarlar fosh etildi

0

Turli qing'ir rejalar asosida tovar-moddiy boyliklarni bojxona nazoratini chetlab yurtimizga olib kirishga bo'lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Xususan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Yallama” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qo'shni davlatdan kirib kelgan fuqaroN.B. boshqaruvidagi “Mercedes Venz actros” rusumli yuk avtotransport vositasi holislar ishtirokida bojxona ko'rigidan o'tkazilganida, uning salon qismida hujjatlarda ko'rsatilmagan hamda og'zaki so'rovda aytilmagan, umumiy qiymati 108 900 000 so'mlik, 79 dona turli avtotransport vositalarining ehtiyot qismlarini yashirib olib kelayotgani fosh qilindi.

Yana bir holat aynan ushbu post xodimlari tomonidan aniqlandi. Qo'shni davlatdan fuqaroX.U. boshqarib kelgan “DAF” rusumli avtotransport vositasi bojxona nazoratidan o'tkazilganida, avtotransportiga salon qismida joylashgan dam olish o'rindig'ida yo'l yuk kuzatuv hujjatlarida ko'rsatilmagan va og'zaki so'rovda ma'lum qilinmagan, umumiy qiymati 21 220 000 so'mlik, jami 171 dona parfyumeriya mahsulotlari yashirilganligi ma'lum bo'ldi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

loading...