Byuroning vazifalari boshqa idora va tashkilotlar zimmasiga yuklatilmagan!

0

Joriy yilning 01 dekabr kuni ijtimoiy tarmolarning biriga “Mahalla raisi va noziri aliment va ma'muriy qarzlarni undirishi kerak ekan. Bu MIBning vazifasi emacmi?” nomli ma'lumot joylashtirilgan.
Xabarda, Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi tizimidagi joylarda faoliyat ko'rsatib kelayotgan mahalla fuqarolar raisi hamda boshqa xodimlariga uyma-uy yurib, o'z hududida yashovchi aliment va ma'muriy jarimalardan qarzdor fuqarolardan to'lov undirish talab etilayotgani bayon qilingan. Ammo bu asossiz. Chunki MIB o'zini-o'zi boshqarish organlari bilan qonun hujjatlarida belgilangan vazifalar bo'yicha hamkorlik qiladi, xolos.
Ular quyidagilar:
– jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko'rib chiqish, fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari bilan hamkorlikda hududlarni sanitar tozalash va chiqindilar bilan bog'liq masalalar yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borish;
– sud va boshqa organ hujjatlari ijrosini ta'minlashda – agar chaqiruv qog'ozi yoki xabarnomani tegishli shaxs yoki uning oila a'zolariga yetkazishda, ularning yo'qligi ma'lum bo'lgan hollarda, shuningdek chaqiriluvchi shaxsning qaerga ketganligi va qachon kelishi haqidagi ma'lumotni yetkazish kabi ishlarni olib borishda hamkorlik qiladi.
Bundan tashqari, Byuro davlat ijrochilari o'z zimmasidagi vazifalarni bajarishda davlat organlari, kredit tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan o'zaro hamkorlik qilishi, o'z vakolatlari doirasidagi talablari O'zbekiston Respublikasi hududida barcha organlar, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Majburiy ijro byurosi – joylardagi o'zini o'zi boshqarish organlarining jamiyatda qonuniylikni mustahkamlash, sud va boshqa organ hujjatlarining ijrosini ta'minlashdagi ishtirokini muhim deb hisoblaydi hamda hamkorlik ishlarini davom ettiradi.
Biroq, joylardagi tumanlar (shaharlar) mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limlari sud va boshqa organ qarorlarining ijrosini ta'minlash hamda aliment, jarima va boshqa turdagi ijro harakatlarini amalga oshirishga jalb etilmaydi.

loading...