Afg'oniston hukumati va “Tolibon” kelishuv imzoladi

0

Qariyb ikki oy davom etgan muzokaralardan keyin Afg'oniston hukumati va “Tolibon”harakati kecha, 2 dekabr kuni kelgusi tinchlik muzokaralarni o'tkazish jarayoni haqida kelishuv imzoladi.

 

“Bu barcha afg'onlar xohlayotgan tinchlikka ershishish uchun tramplin vazifasini o'tamog'i zarur”, – deya yozdi BMTning Afg'oniston bo'yicha maxsus vakili Debora Layons Tvitterdagi sahifasida.

AQShning Afg'oniston bo'yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod esa erishilgan kelishuv Kobul va toliblarning murakkab masalalar bo'yicha murosa qila olishini ko'rsatishini ta'kidladi.

Afg'oniston hukumati va “Tolibon” o'rtasidagi muzokaralar deyarli ikki oy avval Qatar poytaxti Doxada boshlangan edi. Toliblar muloqotning dastlabki bosqichidayoq o't ochishni to'xtatish masalasini muhokama qilishni rad etib, buni muzokaralarning kelgusi bosqichlari qanday tusda o'tishi aniq bo'lgandan keyingina amalga oshirishlarini bildirdi. Chorshanba kungi kelishuv tinchlik muzokaralarini o'tkazish uchun asos bo'lib xizmat qiladi va tomonlar endi kun tartibidagi masalalarni ko'rib chiqishni boshlaydi.

TASS

loading...