SSV: ZANGIOTA TUMANIDAGI YuQUMLI KASALLIKLAR ShIFOXONALARIDA IKKITA YaNGI BO'LIM OChILMOQDA

0

O'zbekistonda epidemik vaziyatning barqarorlashayotganligi
munosabati bilan aholiga ko'rsatiladigan shoshilinch va ixtisoslashtirilgan
tibbiy xizmat sifat va samaradorligini oshirish maqsadida Sog'liqni saqlash vazirining buyrug'i bilan Zangiota tumanidagi 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi tarkibida koronavirusga chalingan yoki unga gumon qilingan shoshilinch terapevtik yordamga muhtoj bemorlar hamda homiladorlar uchun bo'lim ochilishi tasdiqlandi.

Shuningdek, Zangiota tumanidagi 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi tarkibida koronavirusga chalingan yoki unga gumon qilingan shoshilinch xirurgik yordamga muhtoj bemorlar uchun bo'lim faoliyatini boshlashi ham belgilandi.

Sog'liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi.

loading...