Xitoy Oyda o'z bayrog'ini o'rnatdi

0

“Chane-5” Xitoy kosmik apparatining qo'nish moduli orbita kompleksidan ajralib, Oy yuzasiga qo'nish uchun tayyorgarlikni boshlagani ma'lum qilgandi. Meduzaning xabar berishicha, u 1-dekabr kuni Oyga qo'nib, o'z bayrog'ini o'rnatdi.

Missiyadan asosiy maqsad Oyda 2 metrga yaqin chuqurlikda burg'ilash ishlarini olib borib, tuproq namunasini yig'ishdir. Jami 2 kilogrammcha namuna yig'ish rejalashtirilgan. Uchish moduli konteyner ichiga joylashtirilgan tuproq namunalarini orbita apparatiga eltadi, shundan so'ng kapsula u bilan birga Yerga qaytishi lozim.

Bu muvaffaqiyatli o'tsa, Xitoy buni amalga oshirgan dunyoda to'rtinchi mamlakatga bo'ladi. Bundan tashqari, Xitoy so'nggi 44 yildan buyon Oy yuzasidan tuproq namunalarini olib kelgan birinchi davlatga aylanadi. 1969—1976-yillar davomida AQSh va SSSR Yerga bir necha bor Oydan tuproq namunasini olib kelgan.

loading...