Yuz terisi ko'chishi nima sababdan sodir bo'ladi?

0

Teri po'stlog'i ko'chishi quruqlik belgisidir. Epidermisning yuqori hujayralarida namlik yetishmaydi, u sog'lom hujayralarga yo'l ochish uchun nobud bo'ladi va ko'chadi.

Nima uchun bunday sodir bo'ladi?

 

Quyosh. Ultrabinafsha nurlari elastin va kollagen moddalarini yo'qotib, teri hujayralarini o'ldiradi. Keyin esa teri quruqlashadi. Bundan saqlanish uchun qishda ham quyoshdan saqlovchi kremlardan foydalaning.

 

Mos kelmaydigan kosmetika. Epidermisga tarkibida alkogol va yog'li teriga mo'ljallangan qattiq yuvish vositalari bo'lgan kosmetika ta'sir ko'rsatadi. Kundalik foydalanadigan krem tanlayotanda spirt va kislotalarsiz bo'lishiga ahamiyat bering.

 

Sovuqlik.Harorat va havo namligining pastligi teri yuqori qatlamlari qurishiga sabab bo'ladi. Epidermisni sovuqdan himoya qilish uchun ko'chaga chiqishdan oldin yog'li va oziqlantiruvchi kremlardan foydalaning.

 

Issiq suv. Dush, hammom, sauna, bug' hammomi yoki shunchaki issiq suv bilan yuvinish teri teshiklarini kengaytiradi. Shuning uchun terida juda ko'p namlik yo'qotiladi.

 

Allergik reaksiyalar. Masalan, sovuqqa. Bunday allergiyaning odatiy alomati dermatitdir: terining ochiq joylarida, xususan, yuzda shilimshiq va qichishadigan dog'lar paydo bo'ladi. Bu kremning tarkibiy qismlariga reaksiya bo'lishi mumkin.

 

Ayrim teri kasalliklari. Atopik dermatit (ekzema) yoki toshbaqa kasalligi kabi ba'zi bir teri kasalliklari bo'lgan odamlarning terisi quruq bo'ladi.

«Sog'lom hayot»

loading...