Jahongir Otajonov «YouTube»dagi barcha qo'shiqlarini o'chirdimi?

0

Xonanda Jahongir Otajonov o'zining «Instagram» sahifasida shariatimizga to'g'ri kelmagani uchun san'atdan voz kechdim, deya videomurojaat qoldirgan edi.

Xonanda video murojaatda muxlislaridan barcha musiqalarini o'chirib tashlashlarini ham iltimos qilgandi.

Jahongir Otajonovning «YouTube»dagi rasmiy kanalida 343 000 dan ortiq kuzatuvchi bor. Xonandaning barcha konsert dasturlari, qo'shiq va kliplari ushbu kanalga joylangan edi.

Jahongir Otajonov videomurojaatda aytganidek, «YouTube»dagi umumiy hisobda 84 milliondan ortiq tomosha qilingan barcha qo'shiq, videoklip hamda konsert dasturlarini o'chirib tashladi.

Xonandaning rasmiy kanalida hozircha Ali Otajonov bilan birgalikda kuylagan «Zikr» nomli ashulasi o'chirilmay qolgan, xolos.

Ma'lumot uchun, bu o'zbek shou-biznesi vakillarining Alloh yo'lida san'atni tark etishi bilan bog'liq birinchi holat emas. Bunga qadar aktyorlar Farrux Soipov va Sherzod Bin, xonandalar Sardor Rahimxon va «Ummon» guruhi xonandasi Shohrux ham san'atni tark etganini ma'lum qilgan.

loading...