Mashhur futbolchining dafn marosimi paytida uyiga o'g'ri tushdi

0

12 dekabrda 1982 yilgi jahon chempioni Paolo Rossi dafn etildi.

Eslatib o'tamiz, futbolchi 9 dekabr kuni vafot etgandi.

“Football Italia” xabariga ko'ra, noma'lum shaxslar dafn marosimi paytida sportchining uyini talon-toroj qilishgan va futbolchining soatini hamda boshqa shaxsiy buyumlarini o'g'irlab ketishgan.

Rossining rafiqasi buyumlarning yo'qolganligini dafn marosimidan qaytganida payqagan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

loading...