Isroil yana bir davlat bilan diplomatik aloqalarni o'rnatdi

0

Shanba kuni Isroil aholisining asosiy qismi buddistlardan tashkil topgan Butan mamlakati bilan diplomatik aloqalarni o'rnatdi. Ayni paytda Isroil xalqaro miqyosda diplomatik aloqalarini kengaytirishda davom etmoqda.

Isroil Tashqi ishlar vaziri Gabi Ashkenazining so'zlariga ko'ra, Butan va Isroil yetti yildan beri diplomatik hamkorlikni o'rnatishsh bo'yicha maxfiy aloqalar qilib kelayotgandi.

«Isroilni tan olgan davlatlar soni ko'paymoqda. Biz bilan Butan Qirolligi o'rtasidagi munosabatlarning o'rnatilishi Isroilning Osiyodagi aloqalarini mustahkamlashda yana bir muhim bosqich bo'lib xizmat qiladi» dedi Isroil tashqi ishlar vaziri Gabi Ashkenazi.

Bundan oldin BAA, Bahrayn, Sudan va Marokash mamlakatlari ham Isroilni tan olib, u bilan aloqalarni tiklashgandi.

loading...