Samolyot kattaligidagi asteroid Yerga yaqinlashmoqda

0

NASA mutaxassislari ma'lum qilishicha, u bugun, 18 dekabr kuni Yerga eng yaqin nuqtadan uchib o'tadi. Uning diametri 26 dan 52 metrgacha, Yerga parvoz yo'lining eng yaqin nuqtasi 6,97 million kilometr masofada bo'ladi. Ushbu nuqtadagi tezligi sekundiga 7,65 kilometrni tashkil qiladi.

Shu kunning o'zida yana kichikroq asteroid Yer yaqinidan o'tadi. Uning diametri 5,3 metrdan 12 metrgacha bo'ladi. Uning Yer bilan maksimal yaqinlashish nuqtasi taxminan 791 ming kilometrni tashkil qiladi.

sputniknews-uz.com

loading...