Sog'liqni saqlash vazirligi yana 500 ming to'plam gidroksixloroxin sotib oldi

0

SSV «Dori-Darmon» kompaniyasidan umumiy qiymati 15,3 mlrd so'mga teng bo'lgan dori vositalarini sotib oldi. Uning ichiga 4 mlrd so'm qiymatdagi 500 ming to'plam gidroksixlorin ham kiradi.

Shartnomaga quyidagi vositalar kiritilgan:

– 100 ming to'plam azitromitsin (4,8 mlrd so'mga);

– 500 ming to'plam «Oksivin» / gidroksixloroxin dori vositasi (3,9 mlrd so'm);

– 500 ming to'plam paratsetamol (646,5 mln so'm);

– 166,6 ming to'plam askorbin kislotasi (Vitamin S) (2,5 mlrd so'm);

– 40 ming to'plam OmiZinc (rux) (2,8 mlrd so'm);

– 10430 ta uch qavatli karton korobkalar (45,8 mln so'm);

– 500 ming dona A6 shakldagi qo'llanmalar (12,2 mln so'm);

– 500 ming dona «COVID-19» to'plami (347 mln so'm).

Eslatib o'tamiz, avvalroq JSST gidroksixlorinni COVID-19 bilan kurashishda samarasiz preparatlar ro'yxatiga kiritgan edi.

loading...