Oqdaryoda avtobus jarlikka ag'darildi

0

IIV YHXBB Axborot xizmati bergan dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, joriy yilning 27 dekabr kuni soat 17:00 larda, Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani hududidan o'tgan M 37 avtomobil yo'lining 14-kilometrida haydovchi, 1984 yilda tug'ilgan S.A. «Isuzu» rusumli yuk avtomobilini «Samarqand-Kattaqo'rg'on» yo'nalishida boshqarayotib ehtiyotsizligi oqibatida o'zidan oldinda bo'lgan haydovchi, 1974 yilda tug'ilgan B.A. boshqaruvidagi yo'lovchi tashuvchi avtobusning orqa tomoniga urilgan. Zarb oqibatida avtobus o'ng tomon pastlikka ag'darilgan.

Natijada avtobusda bo'lgan yo'lovchilardan bir nafariga birinchi tez tibbiy yordam ko'rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Oqdaryo tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, hodisa sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

loading...