Bugun O'zbekiston bo'ylab bir xil ob-havo kuzatiladi

0

O'zbekiston Gidrometeorologiya xizmatining xabar berishicha, bugun, 3 yanvar kuni ob-havo deyarli o'zgarmaydi. Respublikada yog'ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy yo'nalishda biroz shamol esadi. Havo 0-5° iliqgacha isiydi, ba'zi joylarda 2° sovuqgacha bo'ladi.

Poytaxtimizda havo bulutli, ba'zida ochiq bo'ladi. Ertalab tuman tushishi mumkin. Biroz shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 1-3° iliqdan yuqori bo'lmaydi.

Respublikaning tog'li hududlarida yog'ingarchilik kutilmaydi. Qor ko'chishi xavfi bor. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kunduzi 2° sovuq-3° iliq atrofida bo'ladi.

loading...