Tunisda “Al-Qoida” rahbarlaridan biri hibsga olindi

0

Tunisda maxsus xizmat xodimlari «Al-Qoida» guruhi rahbarlaridan birini hibsga olishdi, deb xabar berdi mamlakat IIV.

«Terrorizmga qarshi kurashish va teraktlarning oldini olish bo'yicha butun mamlakat bo'ylab olib borilayotgan harakatlar doirasida xavfli terrorchi qo'lga olindi, bu Tunisdagi “Al-Qoida” guruhining etakchilaridan biri», deyiladi bayonotda.

Qayd etilishicha, hibsga olingan shaxs «qaynoq nuqtalardan birida guruhda yetakchi rol o'ynagan». Uning sheriklari ham zararsizlantirilgan.

loading...