«Vnukovo» aeroportida qolib ketgan O'zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi

0

Reys bekor bo'lgani sababli Rossiyaning «Vnukovo» aeroportida qolib ketgan O'zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi, deb xabar bermoqda TIV matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, 7-8 yanvar kunlari Rossiyaning «Royal Flight» aviakompaniyasiga qarashli Moskva-Samarqand yo'nalishidagi reys bekor bo'lgan. Shu sababli Moskva shahrining «Vnukovo» xalqaro aeroportida O'zbekiston fuqarolari to'plangan.

Xayriya tashkilotlari ko'magida «Vnukovo» aeroportidagi vatandoshlar issiq ovqat va gigiena vositalari bilan ta'minlandi, deyiladi xabarda.

Elchixonaning tezkor chora-tadbirlari natijasida, bekor bo'lan reysning barcha yo'lovchilari (180 kishi) «Azur Air» aviakompaniyasining navbatdan tashqari reysi bilan 2021 yil 9 yanvar kuni soat 00:05 da O'zbekiston Respublikasiga qaytarilgan.

loading...