Byudjet jarayonining ochiqligini ta'minlash tartibini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi

0

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Byudjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalari kiritish to'g'risida”gi Qonun imzolandi.

Qolaversa, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga kiritilgan o'zgartirishga ko'ra, byudjet jarayonining ochiqligini ta'minlash tartibini buzganlik uchun ham javobgarlik belgilandi.

Mazkur tartib 2021 yil 1 apreldan kuchga kiradi.

Bundan tashqari, Byudjet kodeksi Soliq kodeksi hamda amaldagi boshqa qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi.

Shu jumladan, Byudjet kodeksiga tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlarga oid norma kiritildi. Unga ko'ra, tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar qaytarmaslik sharti bilan hududiy byudjetlar, davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlari xarajatlarining tegishli daromadlar prognozidan oshgan qismini qoplash uchun beriladi.

loading...