Qirolicha Yelizaveta II va Filipp koronavirusga qarshi emlandi

0

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II va uning eri, Edinburg gersogi Filipp 9 yanvar kuni COVID-19 ga qarshi emlandi, deb xabar berdi The Guardian Bukingem saroyining bayonotiga asoslanib.

Qirollik juftligi Vindzor qal'asida emlandi. Ular ushbu qal'ada mamlakatda joriy qilingan lokdaunni o'tkazishi kutilmoqda.

«Guardian»ning ta'kidlashicha, Bukingem saroyi kamdan kam hollarda Yelizaveta II va uning turmush o'rtog'ining sog'lig'iga oid masalalarni ommaga oshkor qiladi.

Nashrning ma'lum qilishicha, og'ir epidemiologik vaziyat tufayli Yelizaveta II va uning eri Sandrigem saroyidagi an'anaviy oilaviy yig'ilishni tark etib, Vindzor qasrida Rojdestvo bayramini nishonlagan.

loading...