AQShda COVID-19’ni davolash paytida qo'llash xavfli bo'lgan dorilar ma'lum qilindi

0

COVID-19 bilan kasallanganda qo'llash tavsiya etilmaydigan bir nechta dorilar mavjud. Bu haqda AQShning Ogayo shtatidagi Sinsinnati bolalar kasalxonasi yuqumli kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish bo'limi boshlig'i, tibbiyot fanlari doktori Joshua Shaffzin ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RBK Good Housekeeping jurnaliga tayanib.

 

Uning so'zlariga ko'ra, COVID-19 bilan kasallanganda tarkibida loperamid bo'lgan diareyaga qarshi dorilarni qabul qilishni to'xtatish kerak. Shuningdek, ingalyatorlardan ham voz kechishni tavsiya qilgan.

 

Shifokorning qayd etishicha, tarkibida loperamid bo'lgan dorilar tufayli ichak faoliyati susayadi, bu esa organizmning bakteriya va yallig'lanishdan mustaqil tozalanishiga to'sqinlik qiladi.

 

Ingalyatorlardan foydalanish haqida gapira turib Joshua Shaffzin ularning aksariyati tarkibida fenilefrin borligini, ushbu modda yurak-qon tomir bilan bog'liq muammolari bo'lgan odamlarga, ayniqsa, zararli bo'lishi mumkinligini ta'kidlagan. «Ular burundagi mayda qon tomirlarning yopilishiga olib keladi. Qon bosimi yuqori bo'lgan odamlar uchun bu haqiqatan ham muammo tug'dirishi mumkin, chunki bu boshqa joylarda ham qon tomirlarining yopilishiga olib keladi», — deya tushuntirgan mutaxassis.

 

Dekabr oyida Rossiya xalqlar do'stligi universiteti (RUDN) umumiy va klinik farmakologiya kafedrasi mudiri, professor Sergey Zыryanov COVID-19 pandemiyasi paytida zarur bo'lgan dori vositalarini aytib o'tgan. Uning so'zlariga ko'ra, uyda isitma tushiruvchi va burun tomchi dorilari bo'lishi kerak. Isitma tushiruvchi dorilardan tarkibida ibuprofen emas, paratsetamol bo'lganini tanlash kerakligini ta'kidlagan.

«Hech qachon shifokor tavsiyasisiz mustaqil ravishda antibiotiklarni sotib olib davolanmaslik kerak. Virusga qarshi preparatlar haqida gapirmasa ham bo'ladi. U bir qator nojo'ya ta'sirlardan holi emas. Faqatgina shifokor nazorati ostida tavsiya qilinishi mumkin», —degan Zыryanov.

loading...

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here