Keskin ozish natijasida bir necha yoshga qarigan yulduzlar (foto)

0

Ma'lumki, odatda ortiqcha vazn ham inson yoshini kattaroq ko'rsatadi. Ammo haddan tashqari ozg'inlik ham xuddi shunday natijani namoyon qilishini quyidagi yulduzlarga qarab bilib olish mumkin.

Meri-Keyt Olsen

Opa-singil Olsenlar sariq sochli maftunkor qiz sifatida barchaning tasavvurida paydo bo'lar edi. Lekin hozirda ularning tashqi ko'rinishida charchoq va horg'inlik aks etganini ko'rish mumkin. Shunga qaramay, Eshlining ko'rinishi juda yaxshi, ammo Meri-Keytning yosh borasida qarish darajasi ancha yuqori. 2014 yilda uning surati muxlislarni hayratga solgan. Yuzdagi o'tkir qiyofa, suyaklarning bo'rtib chiqishi, botgan yanoqlar uni go'yoki keksa ayolga o'xshatib qo'ygan. 2017 yilda 48 yoshli eri Oliver Sarkozi bilan ko'rgazmalarning birida ishtirok etgan Meri-Keytning tashqi qiyofasi ko'rimsiz bo'lib, chehrasida tushkunlik aks etgan edi.

Ko'pchilik plastik jarrohlik tufayli u tashqi qiyofasini yo'qotdi, deb o'ylaydi. Ehtimol, yulduz rinoplastika va qoshni ko'tarish kabi jarayonlarni sinab ko'rgandir. Ommaviy axborot vositalari esa egizaklarni giyohvandlikka berilgani haqida ham gumon qilgan. Meri-Keytning yoshiga bog'liq o'zgarishning asosiy sababi esa bu erta ptoz − terining gravitatsion qarishidir. Bu albatta, parhez bilan bog'liq muammo. Eslatib o'tamiz, Meri-Keyt anoreksiya bilan kasallanib, vazn yo'qotgan va bu uning yuzida ko'proq aks etgan. Yanoqlar cho'kib, teri osti yog' qatlami inkichkalashib ketgan. Shu sababli, Meri-Keytning erta qarishi sababi uning turmush tarzi va ovqatlanish bilan bog'liq bo'lib qolmoqda.

Tara Rid

Vaznini muakammal darajaga yetkazishga harakat qilgan aktrisa bir qator muvaffaqiyatsiz plastik operatsiyalarni amalga oshirdi. Maslaan, u qo'llagan liposaksiya – terini yog' qatlamidan xalos bo'lishga yordam bergan bo'lsada, tanada xunuk ko'rinishga ega burmalar hosil qilgan.

Tara ham anoreksiya bilan uzoq kurashgan. Bir necha yil oldin u kasallikni yengishga muvaffaq bo'lgandi, ammo ovqatlanish borasida muammolarga uchragani ko'rinib turibdi. Taraning haddan tashqari ozib ketishi natijasida uning faqat qoq suyaklari qolgandek. Shuningdek, yog' qatlamisiz qolgan terisi ham yoshi katta ayollarniki singari osilish darajasiga kelib qolgan.

Anjelina Joli

Ma'lumotlarga ko'ra, Anjelina 65 dan 45 kilogrammga tushgan edi. Ammo internet olamida uning vazni 35-40 kilogramm eknaligi va bu holat anoreksiyaga yaqinligi haqida ma'lumotlar paydo bo'ldi.

Aktrisaning bu darajada ozib ketishining sababi vazn tashlashga bo'lgan intilish emas. Aksincha uning hayotidagi stresslar va turmush o'rtog'idan ajaralishida. Anjelina onasi vafotidan keyin uzoq vaqtgacha o'zini tiklay olamagan va sut bezlari hamda tuxumdonlarini olib tashlash bo'yicha operatsiya qilingan. Shuningdek, filmdagi ayrim obrazlar uchun ham ovqtalanishni biroz cheklagan. Bundan tashqari BMT bilan vazifa doirasida qochqinlar lageriga sayohat vaqtida ham yetarlicha ovqat tanovul qilmagan. Hozircha aktrisa ingichka qomati va bo'rtib turgan suyaklarini liboslar bilan yashirishga harakat qilmoqda.

Ketrin-Zeta Jons

2017 yil sentyabr oyida aktrisa o'zining makiyajsiz surati bilan internet olamida «shov-shuv»ga sabab bo'lgan. Muxlislarning ayrimlari undagi tabiiy go'zallikni olqishlagan bo'lsa, boshqalar uni yoshiga nisbatan katta ko'rinishi haqida malomat qilgan. Ketrin va uning tengdoshlari orasidagi farq ham aniq qayd etilgan.

Ko'pchilik  plastik operatsiyalarga murojaat qilish yuzdagi ajinlarni ham bartaraf etadi, deb o'ylaydi. Ketrinning ko'z va lab sohasi chindan ham yaxshi holatda emas. Bu ayniqsa, qizil gilamchadan yurib kelganida yaqqol namoyon bo'ladi. Makiyaj qanchalar muakammal bo'lmasin, uning qomati yosh bilan bog'liq o'zgarishlarni sotib qo'yadi. Balki aktrisa vaznini oshirishi kerakdir.

Viktoriya Bekxem

Ommaviy axborot vositalari va blogerlar ko'pincha yulduzning ozg'inligini tanqid qiladi. Shuni ta'kidlash kerakki, Viktoriyaning juda ozg'inligi uning turmush o'rtog'i –Devid Bekxemga ham uncha yoqmaydi. Keyinchalik, Viktoriya semirishga ham urinib ko'rgan.

Ma'lum bo'lishicha, Viktoriya yaqindan xuddi kasalmandlar kabi ko'rinadi va mutaxassislar buning uchun uning ratsionini qaytadan ko'rib chiqqan. Shunga qaramay, u hanuzgacha ozg'in va yoshi katta ko'rinishda qolmoqda.

Daryo.uz

loading...