Bugun Vikipedianing tashkil qilinganiga 20 yil bo'ldi

0

Bugun,  15 yanvar kuni Vikipedia o'zining 20 yillik yubileyini nishonlamoqda.Butun dunyodagi odamlar hamkorligida ko'ngilli ravishda tashkil etilgan ushbu onlayn ensiklopediya keyingi yigirma yilda insoniyatni bepul axborot bilan ta'minlash ishlarini yanada kengaytirmoqchi.

Vikipedia 2001 yilning 15 yanvarida AQShlik tadbirkor Jimmi Vels tomonidan tashkil qilingan. Ayni paytda ushbu onlayn ensiklopediya dunyodagi eng mashhur saytlar ro'yxatida yettinchi o'rinda turadi. Vikipediadagi 55 millionta maqolaga har oyda 15 milliard marta o'qiladi.

Vikipedia dastlab inliz-tilida  faoliyat boshlagan. Ammo, shundan ikki oy o'tib unda nemis va shved tillaridagi ma'lumotlar paydo bo'ldi. Ayni paytda Vikipediyadan 309 ta tildagi ma'lumotlarni topish mumkin. Ammo, sayt rahbari Vels ensiklopediyadagi tillar sonini yanada ko'paytirmoqchi.

“Internetdan foydalanuvchilar yana bir-ikki milliardga ko'payib, ular o'zlarining bilimlarini oshirmoqchi bo'lganlarida bizga ishonishadi. Shuning uchun saytdagi tillar sonini oshirish juda muhim” deydi Vels AFP axborot agentligiga bergan intervyusida.

2006 yilda Vels har bir tildagi ma'lumotlarga 100 ming marta tashrif buyurilishini va unda bir milliondan ortiq ma'ruzachilar bo'lishini maqsad qilgandi. Ammo, bugungi kunda sayt rahbari bu maqsadga erishish uchun yana 20 yil kerak bo'lishini tan olmoqda.

Hozirda Vikipediaga ko'ngillilar tomonidan tuzilgan ma'lumotlar bazasi sifatida qolmoqda. Ushbu saytda bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilingan ma'lumotlar emas, balki, har qaysi tilda so'zlashuvchilarning o'zlari tomonidan kirtilgan informatsiya mavjud.

An'anaviy ensiklopediyalardan farqli o'laroq,  Vikipediaga mutaxassis bo'lmagan odamlar ham biror mavzuda maqola joylashlari mumkin. Ammo, bu holat juda ko'plab bahs-munozaralarga sabab bo'ldi va shuning uchun bir qancha ma'lumotlarni yangilash cheklangan.

loading...