Napoleon vafot etgan xonaning kaliti 112 ming dollarga sotildi

0

Sothebyʼs kimoshdi savdosida Napoleon Bonapartning Avliyo Elena orolidagi surgunda vafot etgan xonasi kaliti sotildi. Kalit yangi egasiga 112 ming AQSh dollariga tushdi. Qadimiy yodgorlik dastlabki bahodan 16 baravar qimmatga sotildi. Bu haqda kimoshdi savdo uyining veb-saytida ma'lum qilingan.

Kalitning uzunligi 13 santimetrga teng bo'lib, u xat solingan konvert bilan birga sotildi. Xatda quyidagi satrlar yozilgan edi: «Napoleon vafot etgan va men shaxsan qal'adan olib chiqqan Longvuddagi xonaning kaliti. Ch.R.Foks, Avliyo Elena, 1822 yil 6 sentyabr».

Ma'lumki, Foks Britaniya harbiy xizmatchisi bo'lgan. U ushbu kalitni Shotlandiyaga olib kelgan. Foks kalitni Fransiya imperatorining muxlisi bo'lgan onasiga sovg'a qilgan. Yaqinda Shotlandiyadagi uylarning biridan xona kaliti va yozuv topildi.

Xs.uz

loading...