Niderlandiyadan O'zbekistonga yuborilgan pochta jo'natmasining ichidan yirik miqdordagi giyohvandlik moddasi chiqdi

0

Davlat bojxona qo'mitasi Axborot xizmati xabariga ko'ra, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbir davomida Niderlandiyadan fuqaro D.N. nomiga kelgan pochta jo'natmasi bojxona xodimlari tomonidan belgilangan tartibda ko'zdan kechirildi.

Ma'lum bo'lishicha, jo'natmada “ABD-BUTINACA” nomli 498,82 gramm sintetik turdagi giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi. Tezkor tadbir davom ettirilib, fuqaro D.N.ning yashash xonadoni belgilangan tartibda ko'zdan kechirilganida, “gashish” giyohvandlik vositasi ham borligi aniqlandi.

loading...