Ovqatlanish bilan salomatlikni mustahkamlash uchun JSSTdan tavsiyalar:

0


Ovqat pishirayotganda va yegulik tayyorlayotganda imkon qadar kam tuz va souslardan foydalanish;

Tarkibida tuz va shakar yuqori ovqatlardan chegaralanish, shakari yuqori bo'lgan gazli ichimliklar va siroplarni ko'p ichmaslik;

Turli shirinliklar, tort yoki shokolad o'rniga mevalarni ko'proq afzal ko'rish lozim.

Ko'p tuz iste'mol qiluvchi odamlarda yuqori qon bosimi xavfi bo'ladi va bu yurak kasalliklariga, infarktga moyillikni oshiradi.

Xuddi shuningdek, shakarli narsalarni haddan ortiq yaxshi ko'ruvchilarda semizlik xavfi yuqori bo'ladi, tish kasalliklari ko'p uchraydi.

Har xil turdagi meva va sabzavotlarni iste'mol qilishni ko'paytirish, vitaminlarni o'zida saqlab qolishi uchun ularni juda ko'p muddat pishirmaslik lozim;

Meva va sabzavotlar – vitaminlar, minerallar, antioksidantlarning asosiy manbayi hisoblanadi. Ularni muntazam iste'mol qilish bilan insonning semizlikka chalinish xavfi kamayadi, qandli diabet, yurak kasalliklari va turli saraton kasalliklariga chalinish ehtimoli pasayadi.

loading...