Roszdravnadzor: Rossiyada Pfizer bilan emlash noqonuniy hisoblanadi

0

Rossiyada davlat ro'yxatidan o'tmagan koronavirusga qarshi vaksinalardan foydalanish mumkin emas. Bu haqda Roszdravnadzordagilar «Interfaks»ga xabar bermoqda.

O'tgan yil oxirida Isroilning Hadassah kasalxonasining Moskvadagi filiali – Hadassah Medical Moscow – Rossiyaga Pfizer va Moderna tomonidan ishlab chiqarilgan vaksinalarni yetkazib berish bo'yicha muzokaralar olib borilayotgani ma'lum bo'ldi.

Bundan tashqari, 12 yanvar kuni Davlat Dumasining sog'lig'ini muhofaza qilish qo'mitasi a'zosi Tatyana Solomatina «Exo Moskva»ga Pfizer ni hozirdanoq ushbu klinikada shaxsiy tartibda emlash mumkinligi haqida aytgan. Unga mazkur preparat bilan emlash taklif etilgani haqida bayonot bergan. O'z navbatida, bunday xizmat pullik hisoblanadi. Aytgancha, Solomatinani o'zi avvalroq Rossiyada ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi emlangan edi.

Biroq, Hadassah Medical Moscowdagilarning ta'kidlashicha, ular hozircha faqat dori yetkazib berish bo'yicha muzokaralar olib borishmoqda. Ammo emlash vaqti haqida gapirishlari uchun hali erta, deb yozadi RBK.

Roszdravnadzordagilarning tushuntirishlaricha, qonunchilikka ko'ra, Rossiyada davlat ro'yxatidan o'tmagan koronavirusga qarshi vaksinalarni mamlakatga olib kirish va ulardan foydalanish taqiqlanadi. «Taqiq, shuningdek, Xalqaro tibbiyot klasteri hududida faoliyat yuritib kelayotgan tibbiyot tashkilotlariga ham tegishli», – deyishdi u yerdagilar.

loading...