“Santa Barbara”ning yana bir yulduzi vafot etdi

0

Aktyor Piter Mark Richman 14 yanvar kuni 94 yoshida vafot etdi, deb xabar berdi “Variety”.

Ta'kidlanishicha, Los-Anjelesdagi uyidagi yashab kelgan aktyor tabiiy sabablarga ko'ra vafot etgan.

Piter Mark Richman “Santa Barbara”dagi Si Si Kepvell rolini 1-dan 33-qismgacha birinchilardan bo'lib ijro etgan. Shuningdek, u “Alfred Xichkok taqdim etadi”, «Qora orxideya», «Yalang'och qurol 2 1/2: Qo'rquv hidi», “Sulola”, “Beverli-Xillz, 90210”, “Yulduzi yo'l”, “A.N.K.L agentlari” hamda “Bajarib bo'lmas topshiriq” kabi filmlar hamda seriallarida ishtirok etgan.

loading...