“Uchar o'zbek”: Mahmud Murodov amerikalik jangchiga qarshi oktagonga ko'tariladi

0

Kelgusi hafta, 24 yanvar kuni Abu-Dabida o'tkaziladigan UFC257 turnirida o'zbekistonlik Mahmud Murodov amerikalik Endryu Sanchezga qarshi oktagonga ko'tariladi.

29 yoshli Mahmud Murodov 2012 yilda o'z karyerasini boshladi, 2019 yilda UFC bilan shartnoma imzoladi.

2019 yil dekabr oyida Trevor Smitga qarshi jang o'tkazib, nokaut bilan g'alaba qozondi. Shu kecha Mahmud Muradov eng yaxshi nokaut uchun UFC prezidenti Dana Uaytdan 50 ming dollar miqdorida mukofotni olgandi.
Endryu Sanchez 32 yoshli amerikalik jangchi, hozirda UFC o'rta vazn jang o'tkazib keladi. 2012 yildan beri professional jangchi. Sanchez oxirgi jangini 2020 yil avgust oyida UFC Fight Night 174 musobaqasida Vellington Turmanga qarshi o'tkazib, birinchi raundda nokaut bilan g'alaba qozondi. Bu g'alaba unga «eng yaxshi jang» mukofotini olib keldi.

loading...