Chevrolet kompaniyasi Corvette krossoverini ishlab chiqarishi mumkin

0

General Motors boshqa avtomobil kompaniyalari kabi Corvette oilasini kengaytirib, ushbu nom ostida krossover ishlab chiqarish niyatida. Bloomberg bu kabi modelni taqdimoti 2025 yildan oldinroq bo'lmasligini aniqladi, deb yozadi Motor.

 

Corvette krossoveri haqida mish-mishlar anchadan buyon bor — bunga GM sobiq vitse-prezidenti Bob Lusning so'zlari sabab bo'lgan. U «Corvette nomi shu qadar potensial va xarizmaga egaligidan mustaqil brendga aylanishi mumkin, uning qanoti ostida ishlab chiqarilgan sport krossoveri esa Lamborghini Urus bilan bemalol raqobatlasha oladi» degandi.

 

O'sha vaqtda General Motors’ga hech qanday aloqasi bo'lmagan Lus krossover 20—30 nusxada ishlab chiqarilishi va modellar narxi 100 ming dollar bo'lishini taxmin qilgan edi. Shuningdek, top-menejer agarda yo'ltanlamas «yorug' dunyoga kelsa», unga Amerikaning ko'p litrli V8 dvigateli o'rnatilishiga umid bildirgan.

 

Ammo Lusning umidi amalga oshmasligi mumkin. Bloomberg’ning o'z manbalariga tayanib yozishicha, Corvette krossoverlarining aksar qismiga elektrodvigatellar o'rnatiladi. GM o'zining global strategiyasi doirasida yaqin besh yil ichida 30 ta yangi elektrlashtirilgan modellarni ishlab chiqarish niyatida. Ularning asosiy qismi Ultium modul arxitektura bazasida bo'ladi.

 

Hozirda konsern arsenalida Ultium platformasi asosida yaratilgan krossover mavjud — Cadillac Lyriq. Lyriq hozircha prototip bo'lib, seriyali ishlab chiqarishga 80—85 foiz tayyor xolos.

 

loading...